O’zbekiston umumiy uyimiz

542db324 2d9c 480c b542 7f882c6ce3abO‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 28 yilligi oldidan, konfenssiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida Forish tumani hokimligi va viloyat tojik milliy-madaniy markazi tashabbusi bilan 2019-yil 27-aprel kuni 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida “O‘zbekiston-umumiy uyimiz” shiori ostidagi do‘stlik anjumani doirasida zullisonayn shoir Jonibek Quvnoqning “Shiru shakar” kitobi hamda shoira Savriya Tohirovaning ilk “Ikki baxt” nomli kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

C771c9c0 b9a4 42a6 a4d5 2e0f246e9e66

4c93ae46 a737 4247 8082 a252e831c2e9

924ea09d 13c8 4d70 9cb7 8671fedbeed4

Taqdimot tadbirida Jizzax viloyat tojik milliy-madaniy markazi raisi A.Sharipov, viloyat hokimi o‘rinbosari E.Ismatov, Forish tumani hokimi o‘rinbosari J.Jiyanov, Respublika tojik milliy-madaniy markazi raisi, zullisonayn shoir va faylasuf, taniqli sharqshunos va jurnalist professor J.Xolmo‘minov, Samarqand davlat universiteti professori, Turon ilmiy akademiyasi Samarqand bo‘limi akademigi shoir A.Qamarzoda, shoir Salim Kenja, Abdulla Subhon, shoirning do‘sti va sinfdoshi T.Qozoqov, Jizzax viloyat yozuvchilar uyushmasi rahbari yozuvchi M.Abdurahmonovalar so‘zga chiqib shoir Jonibek Quvnoqning xayoti va serqirra ijodi to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdilar.

41ab12fa 961f 460a 99d7 e408ffb4baf7

Tadbir davomida 1-33-38-49-umumta’lim maktab o‘quvchilari ijrosida shior Jonibek Quvnoq va shoira Savriya Tohirovalarning ijodidagi she’rlardan namunalar ijro etildi. Tumandagi o‘qish tojik tilida olib boriladigan maktablarning 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mening iftixorimsan Vatan” tanlovi g‘oliblariga viloyat tojik milliy-madaniy markazi tomonidan tashkkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

542db324 2d9c 480c b542 7f882c6ce3ab

1451c6ce 8ad0 48a5 85f8 80be35c02e65

Shuningdek tadbir davomida  Forish madaniyat markazi badiiy jamoalari “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli, “Tog‘ shalolasi” va  “Parvoz” ashula va raqs xalq ansambllari hamda O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘limining “Mavrigi” ansambli ijrosidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga namoyish etildi.

D64508d4 9108 4923 9bc7 842ba0226bd1

1d2bc242 9d5e 486b a884 89be883df845

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan