Abilxan Yerimbetov shirkat xo‘jaligi tashkil etilganligining 50 yilligi

9dbcb89d 20ec 448e 96f1 3807bde7e691O‘zbekiston Respublikasida “2019-yil Qozog‘iston Respublikasi yili”  munosabati bilan do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini mustahkamlash hamda Jizzax viloyati Forish tuman xududidiga qarashli Abilxan Yerimbetov nomli shirkat xo‘jaligi tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan 2019-yil 1-2-may kunlari katta madaniy tadbir tashkil etildi. Madaniy tadbir doirasida uloq ko‘pkari va  sport o‘yinlari tashkil etilib katta to‘y dasturxoni bezatildi va ovulning barcha aholisi hamda respublikamiz va qo‘shni Qozog‘iston respublikasidan ham mehmonlar taklif etildi. Tadbir o‘tkaziladigan joyda o‘tovlar tikilib, qozoq xalqi urf-odatlariga ko‘ra bayramona bazatildi. 

95de88d1 cd42 440e a136 b7efca989e7a

Tadbirda Forish tumani hokimi A.Mustanov, ovulda tug‘ilib voyaga yetgan hozirgi kunda Qozog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan mehnat faxriylari M.Boymurotov, Z.Turlibekov, Q.Qo‘rg‘onboyev va viloyat qozoq milliy madaniyat markazi raisi O‘.Seydaminovlar tabrik so‘zlariga chiqib A.Yerimbetovning shirkat xo‘jaligining tashkil etishda ko‘rsatgan jonbozligi, chorvachilikni rivojlantirishdagi qo‘shgan hissasi va tashkilotchiligi to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

C1cca7a6 479e 4c2d 9cee 2d06f563d68d

69f501d3 20b7 4e2d bea8 e72371b80ff1

Tadbir davomida tuman hokimligi tomonidan A.Yerimbetov shirkat xo‘jaligini tashkil etishda ko‘rsatgan fidoiyligi va jonbozligi uchun mehnat faxriylari Ye.Yesimov, Q.Boymurotovlar hamda marhum Sh.Datqabekov, A.Qo‘ziboqarov va Z.Pretovlar oilasiga esdalik sovg‘alari va 50-umumta’lim maktabiga 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar topshirildi.

0f61f6bd a364 4d77 b953 76b2a860b925

Tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan tuman hokimligi va tashkilotlarga hamda homiylarga tadbir tashkilotchilari tomonidan ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

000b7ea3 baa1 4a3f b5ba fbdfd160d83c

Tadbir munosabati bilan Forish tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan o‘zbek-qozoq do‘stligini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlardan tuzilgan “Parvoz” ashula va raqs xalq ansambli va “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambllarining  katta bayram konsert dasturi namoyish etildi. Madaniy tadbirni tashkil etishda ko‘rsatgan tashabbuskorligi va tadbirni madaniy saviyasini yuqori saviyada tashkil etganligi uchun Forish tumani Madaniyat bo‘limi jamoasi Qozog‘iston do‘stlik birodarligi tashkakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

B45c389a 78aa 4748 a522 487aa8786938

88c46cfb 9668 4c63 9b3f 082b77102f9f

Madaniyat vazirligi saytida chop etilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan