Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy hizmatchilar va xuquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarimizga hurmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-aprelda “Hotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 3-may kuni viloyat va tuman hokimligi, Forish tuman Madaniyat bo‘limi hamda bir qancha tashkilotlar bilan birgalikda Nurak MFY Qoratosh qishlog‘ida yashovchi II-jahon urushi qatnashchilari Normuhammad bobo Ayosov, Qoraobdol MFY Kattasoy qishlog‘ida yashovchi Abil bobo Sharipovlar honadoniga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv tadbirida tuman hokimi A.Mustanov, tuman hokimi o‘rinbosari J.Jiyanov, viloyat hokimi o‘rinbosari E.Ismatovlar hamda turli tashkilot vakillari tomonidan Normuhammad bobo Ayosovga va Abil bobo Sharipovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Urush qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har bir urush faxriylariga ajratilgan 7,5 mln so‘mdan bir martalik pul mukofoti va esdalik sovg‘alar shuningdek, viloyat hokimligi, tuman hokimligi tomonidan ajratilgan sovg‘alar urush faxriylariga topshirildi. Bunday g‘amxo‘rlik va e’tibordan ruhlangan urush qatnashchilari urush yillarida boshidan o‘tkazigan suronli yillarni ko‘zida yosh bilan yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Qo‘llarni duoga ochib ko‘rsatayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklari uchun yurtboshimizga va xalqimizga minnatdorchilik izhor etib, yurtimizga tinchlik omonlik tiladilar.
O‘tkazilgan uchrashuv tadbirlarida madaniyat bo‘limi badiiy tashviqot guruhi a’zolari S.Keldiyev, Sh.Safaraliyev, M.Ahmedov, S.Raximova, S.Kamolova, S.Ibragimov, B.Ismoilov, F.Ashurova, A.Mamadiyorova tomonidan II-jahon urushi yillarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va kompazitsiyalar ijro etildi, hamda o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi.