Forish tumani Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan “Iste’dod-2019” ko‘rik-tanlovining Nizomi ishlab chiqildi va chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Chora-tadbirlar rejasiga asosan 2019-yil 13-may kuni 33-umumta’lim maktabida tanlovning saralash bosqichi o‘tkazildi. Saralash bosqichida maktabning iqtidorli, san’atga qiziqishi baland yoshlaridan tanlangan “Sarafroz” va “Zarba” jamoalari xalq qo‘shiqlari, o‘lan, laparlar ijrosi, milliy, zamonaviy va turli millat xalqlarining raqslar ijrosi, kitob mutoolasi va bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, “Ommaviy madaniyatga” qarshi kurashishni o‘zida mujassamlashtirgan
4 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov yakunida “Sarafroz” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va hakamlar hay’ati tavsiyasi bilan 18-may kuni madaniyat markazida o‘tkaziladigan yoshlar festivalida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar.
Tanlov tomoshasiga 80 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar jalb etildi.