2019-yil 14-may kuni Nurak MFY Nurak qishlog‘i 4-umumta’lim maktabida «Iste’dod – 2019» tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi. Saralash bosqichida maktabning iqtidorli, san’atga qiziqishi baland yoshlaridan tanlangan “Yulduzchalar” va “Iste’dodli yoshlar” jamoalari xalq qo‘shiqlari, o‘lan, laparlar ijrosi, milliy, zamonaviy va turli millat xalqlarining raqslar ijrosi, kitob mutoolasi va bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, “Ommaviy madaniyatga” qarshi kurashishni o‘zida mujassamlashtirgan 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
Tanlov yakunida “Iste’dodli yoshlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va hakamlar hay’ati tavsiyasi bilan 18-may kuni madaniyat markazida o‘tkaziladigan yoshlar festivalida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar. Tanlov tomoshasiga 80 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlar jalb etildi.