«Buyuk ipak yo’li» xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik

824ea554 f534 4c47 bde6 4d8c1d1f7d86O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni  yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi  2018-yil  28-noyabrdagi PQ – 4038–sonli qarorida shu yili ilk marotaba Farg’ona viloyati Marg’ilon shahrida “Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor musiqa festivali o’tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan Forish tumani Madaniyat markazida samarali faoliyat olib borayotgan “Bog’don gullari” folklor etnografik xalq ansamblining mazkur tanlovda  ishtirok etishi belgilangan edi. Festival doirasida otkaziladigan tanlov bo’yicha folklor jamoalariga Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassalari faoliyatini tashkil etish ilimiy  metodik markazi teatr va konsert tomosha bo’limi boshlig’i Mamurbek Yo’ldoshev va katta ilmiy hodim Po’latjon Toshmatovlar tomonidan 2019-yil 14-may kuni “Bog’don gullari” folklor etnografik xalq ansamblining xalqaro festival uchun tayyorlagan dasturlari ko’rib chiqildi.

0df25cda 1160 41c0 8275 5e60032cb1b7

Ansambl tomonidan festival uchun nizom talablaridan kelib chiqqan holda o’lan, lapar, termalar, marosim qo’shiqlari, baxshichilik, raqs san’ati kabi yo’nalishlar bo’yicha dasturlari shakillantirilgan edi. Namoyish etilgan yo’nalishlar bo’yicha vazirlik tomonidan biriktirilgan mutaxassislar o’z takliflari va fikirlarini aytib o’tgan holda festivalga yuqori darajada tayyorgarlik ko’rish kerakligini bildirdilar.

17a5ae82 6b9c 49f2 90e5 7f5a46a1bc0b

824ea554 f534 4c47 bde6 4d8c1d1f7d86

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan