22-maktabda «Iste’dod – 2019» tanlovi

F3a358bf 5860 4e9a a36e 09f424118d56

15-may kuni  Oqtepa MFY Yomchi qishlog‘i 22-umumta’lim  maktabida tanlovning saralash bosqichi o‘tkazildi. Saralash bosqichida maktabning iqtidorli, san’atga qiziqishi baland yoshlaridan tanlangan  “Billur” va “Istiqbol” jamoalari xalq qo‘shiqlari, o‘lan, laparlar ijrosi, milliy, zamonaviy va turli millat xalqlarining raqslar ijrosi, kitob mutoolasi va bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, “Ommaviy madaniyatga” qarshi kurashishni o‘zida mujassamlashtirgan 4ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov yakunida jamoalar o‘rtasida durrang natija aniqlanib, har ikkala jamoadan badiiy chiqishlar tanlandi va hakamlar hay’ati tomonidan 18-may kuni madaniyat markazida o‘tkaziladigan yoshlar festivalida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar. Tanlov tomoshasiga 75 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlar jalb etildi.

1b2a0028 dc50 4809 94e2 8450383ebb20612fd07a f127 47ff b5d0 c726e3429dcc

701ba994 3134 4891 9dd7 56119db8dc08

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan