O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek-qozoq hamdo‘stligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida Jizzax viloyati hokimining 2019-yil 10-maydagi 01-753-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan “O‘zbek-qozoq” madaniyat markazi hamkorligida “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili” munosabati bilan 2019-yil 16-may kuni 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya mehmonlari va ijodiy jamoalar ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi. Dastlab tadbir mehmonlari va ishtirokchilari Forish tuman Madaniyat bo‘limining badiiy xavaskorlik jamoalari “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli va “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining kuy va qo‘shiqlari bilan tantanali kutib olindi.
Tantanali marosimdan so‘ng badiiy qism boshlanib, Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatidan tashrif buyurgan “Olatau” flklor, “Ayjan” raqs va “Jualы” xalq teatrlari ijodiy jamoalar ishtirokidagi “Go‘zal Jambulim” nomli tomosha dasturi hamda Forish tuman madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Parvoz” ashula va raqs xalq ansambli va tuman badiiy xavaskorlarining konsert dasturi tumanimiz aholisiga namoyish etildi.
Tomosha dasturlarida qozoq xalqining milliy urf-odatlari, udumlari va o‘zbek va qozoq xalqlari qardoshlik an’analarining bardavom ekanligi ijro etilgan jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar orqali yaqqol namoyon bo‘ldi va ushbu konsert tomosha dasturini tumanimiz aholisi olqishlar bilan qarshi oldi. Madaniy uchrashuv tadbir yakunida Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatining madaniyat sohasi vakili tomonidan mehmonlarni tantanali kutib olish va tadbirni yuksak saviyada tashkil etganligi uchun tuman hokimligi va tuman Madaniyat bo‘limiga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shu bilan birgalikda tuman hokimi o‘rinbosari J.Jiyanov so‘zga chiqib tashrif buyurgan mehmonlarga va ijodiy jamoaga tashakkur izhor etib, kelgusi faoliyatiga omad tiladi hamda tuman hokimligi tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.