Xonbandi to’g’oni (Sharshara)

58dc4b05 87e0 44f2 b2c6 15325efb3a1bXonbandi to‘g‘oni — O‘zbekistonda qadimiy zamondan bizning davrimizgacha saqlanib kelgan to‘g‘ondir. U Jizzax viloyati Forish tumanidagi Xonbandi (Band) shaharchasi yaqinida joylashgan.

Bahorda maskur to’g’on sharshara ko’rinishida Xonbandiga juda ko’plab mahalliy va xorijiy sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.

Tadqiqotchi olimlarning fikricha, to‘g‘on haqida yozma manbaalar mavjud emas. Shunday bo‘lsada, tahminiy sanasi turli xil keltiriladi – X asr, XVI asr, 1582 yil. 1973 yildan buyon respublika miqyosidagi yodgorlik sifatida  davlat muxofazasida saqlanadi. To‘g‘onning uzunligi 50 metrdan ziyod, pasti qismining uzunligi 24 metr, balandligi 15 metrdan ziyod. To‘g‘on tekislangan rangdor koshinlardan maxsus suv ko‘taruvchi aralashma yordamida terilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, XVII asrga kelibgina Paskal qonuni asosida shakllangan usuldan bundan necha yillar avvalroq Movaraunnaxr muhandis-gidrotexniklari suyuqlik bosimini hisobga ola bilishgan.

Ca642859 0bd7 49e0 b508 b5aa1f80b522

To‘g‘onning g‘arbiy qismidagi suv bo‘shatmasida turli balandliklarda 9 ta konussimon shaklda maxsus yoriqlar qurilgan. To‘g‘on poydevori tepa qismidan 4 barobar qalinroq. Pastki qismining qalinligi 8 metr, tepasi 2 metr. Avvallari to‘g‘on o‘zida uzunligi 1,5 km. kengligi 52 metrga, daraning boshlanish qismi 200 metrga teng suv omborini saqlagan. Bugungi kunda sun’iy suv omborining jomidan foydalanilmaydi, zero, eng tepa qismiga qadar loyqa chiqindilar bilan to‘lib, jarlikning tekis qismiga aylangan.

08068c68 99f7 4417 8d1a 56b1346cfdbd

67c81619 2a01 4533 948a 9976d46cf783

6aa12bff 128f 4c0a baec 0dbb1b4def6d

C654757b e192 4989 8b2a 45362a89fe33

3f3d8a32 88d3 418d a60d 473e3017b9dc

11c367bf 40bc 48f5 9d5f eba06d18b1e7

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan