«Yoshlar oyligi» doirasida tadbirlar bo’lib o’tdi

9187b7ed a28b 4f67 96bf 82208d7cda0fViloyat xokimligining 2019 yil 3 iyundagi 0-874-sonli hamda Madaniyat boshqarmasining 2019 yil 7 iyundagi 01-04/656-soli chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha  tumanda  “Yoshlar oyligi”ni o’tkazish va “Yoshlar kuni”ni yuqori saviyada tashkil etish  maqsadida “Yoshlar sayillari” va “Xalqlar do’stligi” madaniyat kunlarini o’tkazish to‘g‘risida belgilangan rejalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 15-iyun kuni Forish tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida xalq ta’limi bo‘limi  bilan  hamkorlikda Yoshlar  sayllari tashkil etildi. Tadbirni tuman xalq ta’limi bo’limi vakili  Q.Sirliyev ochib, Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus  bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida gapirib o’tdi. 

F0575257 ba1d 4eec 873a 10c5b88897f4

8455c294 4868 4fc6 9de1 10d484fc538f

Shuningdek tadbir doirasida madaniyat markazida tashkil etilgan badiiy havaskorlik  to’garaklari A.Qozoqov rahbarligidagi “Bolalar qo’shiqchiligi” to’garagi va X.Inomova rahbarligidagi “Xalq cholg’uchilik” to’garagi ishtirokchilarining chiqishlari tadbir qatnashchilariga namoyish etildi.

F722784e 21a3 456f 9809 be59f348a3ea

9187b7ed a28b 4f67 96bf 82208d7cda0f

S.Raxmatova rahbarligidagi “Parvoz” o’smirlar raqs jamoasi va A.Mamadiyorova rahbarligidagi “Shabnam” raqs guruhlarining “Dunyo raqslari” yo’nalishidagi raqslari ijro etildi.

1404b0f9 cadf 4731 9a55 5d91a3e87261

10ebb97e 2fab 4fe6 8292 7224ac34adbc

J.Shukurov rahbarligidagi “Haykaltaroshlik” to’garagi va T.Kadirova rahbarligidagi “Floristika” to’garagi a’zolarining “Yosh rassomlar va hunarmandlar galereyasi” yo’nalishida san’at asarlari namoyish etildi.

D027df37 c836 440f b33b 5ef884ff9a84

Shuningdek ijodkor yoshlar tomonidan “Nazm va navo” kechalari, “Kitobxonlik viktorinasi” kabi tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda madaniyat markazi to’garak ishtirokchilari, umumta’lim maktabi o’quvchilari, iste’dodli yoshlari faol ishtirok etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan