Yoshlar masalalari bo’yicha tuman idoralararo kengashining 2019-yil 18-maydagi qabul qilingan 01-1260-sonli chora-tadbirga asosan iyun oyi Yoshlar oyligi deb e’lon qilinishi xamda 30-iyun ‘’Yoshlar kunini’’ yuqori saviyada o’tkazishni ta’minlash maqsadida 2019-yil 17-iyun kuni tuman Madaniyat bo’limi, tuman IIB, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi, O’zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tuman kengashi va tashkilotlar bilan hamkorlikda Bog’don madaniyat markazi hududidagi Nurak MFYda joylashgan 8-umumtalim maktabida “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida yoshlar sayli o’tkazildi.
Saylda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan 2019-yil mart oyida joriy etilgan 5 ta muhum tashabbusda belgilab berilgan 1-2-va 4-yo’nalishlarda o’quvchi yoshlar o’rtasida tanlov tashkil etildi. Tanlov doirasida o’quvchi yoshlar sport yo’nalishida yani arqon tortish, stol tennisi, shaxmat,shashka, kurash, armrestling (qo’l yiqitish), og’ir atletika yo’nalishlarida qolaversa san’atning qo’shiqchilik, raqs san’ati va she’riyat san’ati bo’yicha bellashdilar. Sayllar davomida kitob yarmarkalari tashkil etildi. O’quvchi yoshlarni sport va san’at sohasi bo’yicha hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordilar.
Saylda madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan an’anaviy honandalik to’garak rahbari Ahmedov Mirkomil hamda to’garak o’quvchilari ijrosida vatanni madx etuvchi qo’shiqlar ijro etdildi. Tanlovda san’at sohasi bo’yicha an’anaviy honandalik to’garak o’quvchilaridan Nodirov Umid, Jalilov Kamron, Majidova Muhlisa , Ismatova Rayhona, Darhonova Dildoralar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdi. Saylda ishtirok etgan barcha o’quvchi yoshlarga tashkilotchilar va hamkorlar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari topshirildi.
Yoshlar saylida 270 ga yaqin o’quvchi yoshlar, uyushmagan yoshlar va mahalla aholisi qatnashdi.