Jizzaxda muqaddas qadamjolarning mobil ilovasi yaratildi

Ilovani Jizzax Davlat pedagogika instituti tarix fakulteti, tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Farrux Akchaev va talaba Farrux Pardaboev viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xodimi Lola Sanaeva bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
Viloyatda sayyohlarni qiziqtiradigan tarixiy-arxeologik manzillar ko‘p. 372 ta madaniy meros ob’ektlari davlat muhofazasiga olingan. Shundan 42 tasi tarixiy obida va ziyoratgoh, 267 tasi arxeologik yodgorlik, 63 tasi monumental yodgorliklardir.
Internetning Google tarmog‘ida Shrines of Jizzakh deb atalgan ushbu mobil ilovadan viloyatdagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar haqida ma’lumotlar, ularning fotosuratlari o‘rin olgan. Ilovada ko‘rsatilgan maxsus tugmachasi bosilsa, har bir inshootga borish yo‘nalishi, masofasi ko‘rsatiladi.
Mobil ilovaga ma’lumotlarning 40 ta xorijiy tildagi tarjimasi kiritilgani undan foydalanuvchilarga, ayniqsa sayyohlarga katta qulaylik yaratadi.

– Jizzax mamlakatimiz markaziy qismida joylashganligi, respublikamiz shaharlarini va qo‘shni davlatlarni bog‘lovchi avtomobil hamda temiryo‘l ushbu viloyat hududi orqali o‘tgani turizmni rivojlantirishda katta imkoniyatlaridan biri hisoblanadi, – deydi viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xodimi Lola Sanaeva. – Ayni paytda ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib hududga sayyohlarni jalb etish maqsadida bir qator innovatsion loyihalar amalga oshirilayotir. Internet tarmog‘ida viloyatdagi qadamjolar haqida ma’lumot beruvchi mobil ilovaning yaratilishi ziyorat turizmini niyat qilgan xorijlik mehmonlar va hamyurtlarimiz uchun yana bir qulaylik bo‘ldi.
E94c1417 2dda 4dc5 b328 6167d5fcf65c
Manba: uza.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan