Yoshlar masalalari bo‘yicha tuman idoralararo kengashining 2019-yil 18-mayda qabul qilingan 01-1260-sonli chora-tadbirga asosan tumanda 30-iyun “Yoshlar kuni”ni yuqori saviyada o‘tkazish hamda yoshlarning band bo‘lmagan qatlamini turli sohalarga keng jalb etish maqsadida 2019-yil 27-iyun kuni madaniyat markazida “Yoshlar bizning kelajagimiz” nomli yoshlar festivali yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi ijtimoiy soha bo‘limi bosh mutaxassisi I.Yulimov so‘zga chiqib barcha yoshlarni yoshlar kuni bilan tabriklab tuman hokimining yoshlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek tadbir davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi rasisi Sh.Qodirov ham tabrik so‘ziga chiqib Respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan yoshlar kuni bilan yig‘ilganlarini va tuman yoshlarini qizg‘in muborakbod etdi va boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va faol yoshlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
“Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan bayram konsert dasturi namoyish etildi.
Konsert tadbirida madaniyat markazlari badiiy xavaskorlik jamoalari ishtirokchilari S.Keldiyev, B.Usmonov, A.Qozoqov, J.Rustamov, M.Ahmedov, B.Ismoilov, Sh.Safaraliyev, X.Dexqonov, F.Xaydarova, Z.Xaydarova, J.Qudratovlar ijrosida 5ta muhim tashabbusni aks ettiruvchi badiiy kompozitsiya hamda ona vatanni, tinchlikni, yoshlikni, do‘stlikni madh etuvchi kuy qo‘shiq, raqslar ijro etildi,
shuningdek madaniyat markazlarida tashkil etilgan badiiy xavaskorlik to‘garaklari va yoshlar ittifoqi kengashi faol yoshlari ishtirokidagi bayram dasturi namoyish etildi. Yoshlar festivali xaqiqiy tom ma’noda barchaning yodida uzoq saqlanadigan va yoshlarni kelgusida yangi marralarni zabt etishga chorlaydigan bayram tarzida nishonlandi.
Festival tomoshasiga 600 nafardan ortiq tomoshabinlar jalb etildi.