O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 24-iyundagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 379-sonli hamda Madaniyat boshqarmasining 2019-yil 26-iyundagi 122-sonli buyruqlariga asosan 2019-yil 1-iyul kuni madaniyat markazida 17 nafar qatnashchilar ishtirokida tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov tuman bosqichini tuman Madaniyat bo‘limi mudiri M.Narkazakov kirish so‘zi bilan ochib berib barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra belgilangan Nizom asosida ijro etilgan qo‘shiqlarning she’rga musiqa hamohangligi, hamda ijrochining saxna madaniyatiga e’tibor bergan xolda vatanni madx etuvchi qo‘shiqlar orasidan quyidagilar tanlab olindi.
Baxshichilik yo‘nalishida vatanni madh etuvchi, xalq termalari bilan kuylanuvchi “Vatanim” termasi ijrochisi Nishonboy baxshi O‘rozov,
Bahrullo Lutfullayev musiqasi bilan “Shodiyona” qo‘shig‘i ijrochisi Sanjar Keldiyev, hamda Abdulla Shonosir so‘zi,
Asad Temirov musiqasi bilan “G‘amxo‘rim Vatan” qo‘shig‘i ijrochisi Atxamjon Qozoqovlar g‘olib deb topilib viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi.
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida faol ishtirok etgan ishtirokchilardan “Xur diyor” qo‘shig‘i ijrochisi A.Keldiyev, baxshichilik yo‘nalashidagi “Vatanimni kuylayman” termasi ijrochisi S.Ibragimov, “O‘zbekiston” katta ashula ijrochisi J.Rustamov, “Baxtlar beshigi” qo‘shig‘i ijrochisi Mirkomil Axmedov, “O‘zbekiston” qo‘shig‘i ijrochisi B.Usmonov ,
“Elim” qo‘shig‘i ijrochisi Baxrom Ismoilov, “Vatan madhi” qo‘shig‘i ijrochisi Saodat Abdunazarova, “Diyorimsan” qo‘shig‘i ijrochisi Zuhra Haydarovalar ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlansin.
Viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan tuman bosqichi g‘oliblari va faol ishtirokchilar Madaniyat bo‘limining diplom va faxriy yorliqlari hamda xomiylarning sovg‘alari bilan taqdirlandilar.