2019-yil 29-iyun kuni Yu.Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida viloyat Madaniyat boshqarmasining 2019-yil 20-maydagi tasdiqlangan Nizomi asosida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan 5ta muhim tashabbus ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan badiiy havaskorlik jamoalarining ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Forish tuman badiiy jamoasi muvoffaqqiyatli ishtirok etdi. Badiiy jamoa tanlov Nizomida belgilangan 16ta janr bo‘yicha tasdiqlangan konsert dasturini hakamlar hay’atiga namoyish etib 1068 ballni qo‘lga kiritishga muvoffaq bo‘ldilar. Viloyatdagi barcha tumanlardan ishtirok etgan jamoalar ichida Forish tuman badiiy jamoasi bu yil ham birinchi o’rinni egalladi. Tanlov jarayonidan fotolavhalar.
Forish tuman jamoasi viloyatda birinchi
Javob berish