Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi oldidan “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori ostida 2019-yil 14-avgust kuni Oqtepa MFY xududidagi 6-umumtaʼlim va Xonbandi MFYda hamda Uchquloch MFYdagi 10-umumtaʼlim maktablarida aholi va yoshlar oʼrtasida adabiyot va sanʼat namoyondalari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot uchrashuvlari oʼtkazildi. Uchrashuvda Jizzax davlat Pedagogika instituti oʼqituvchisi А.Mirkomilov, tuman maʼnaviyat markazi vakili N.Soliev ishtirok etib aholiga tinchlik oliy neʼmat ekanligi toʼgʼrisida oʼz fikr mulohazalarini bildirib oʼtdilar va barchani jonajon Oʼzbekistonimizning shonli 28 yilligi bilan samimiy muborakbod etdilar. Uchrashuv davomida tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari А.Keldiev, B.Ismoilovlar ijrosidagi ona vatanni madh etuvchi kuy-qoʼshiqlar ijro etildi.
«Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!»
Javob berish