Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini yuqori saviyada nishonlash va uni oʼtkazish maqsadida “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori asosida bayram ssenariysi tuzilib, shunga asosan tumandagi yosh xavaskor qoʼshiqchilar, folklor ansambllari, sport klubi aʼzolari, maktab oʼquvchilaridan tuzilgan badiiy jamoalar va madaniyat markazida tashkil etilgan badiy xavaskorlik toʼgarak ishtirokchilari “Bogʼdon” bolalar sport oʼyingoxiga jalb etilib muntazam ravishda mashgʼulotlari olib borildi.
2019-yil 28-avgust kuni “Bogʼdon” bolalar sport majmuasida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayram tantanalari yuksak saviyada nishonlandi va barcha yig’ilganlarni tuman hokimi A.Mustanov bayram bilan tabrikladi.
Bayram dasturida “Mustaqil yurt farzandlarimiz” mavzusida bolalar badiiy jamoalari, “Besh tashabbus, besh imkon” mavzusida yoshlarning chiqishlari, “Yurtga qalqon posbonlar” mavzudagi xarbiy askarlar,
“Sportchi yoshlar-yurtimiz kelajagi” mavzusida sportchi yoshlarning chiqishlari, “Oltindek xazinamsan-aziz sanʼatim” mavzusida “Togʼ shalolasi” va “Parvoz” ashula va raqs xalq ansambllari,
“Hur oʼlkamning navolari” mavzusida “Bogʼdon gullari” folklor ansambli hamda tuman badiiy xavaskorlarining teatrlashtirilgan katta bayram kontsert dasturi namoyish etildi.
Bayram dasturida Toshkent shahridan tashrif buyurgan estrada xonandasi Dildora Niyozovaning kontsert dasturi tuman axolisiga namoyish etildi va Oʼzbekiston xalq artisti Rajab Adashovlar bayram bilan barchani tabrikladilar.
Bayram tomoshasida 5000 mingdan ziyod tomoshabinlar ishtirok etdi.