O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3022-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tumani Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan ma
hallalarda uyushmagan yoshlar va maktab o‘quvchilari hamda aholi o‘rtasida madaniy tadbirlarni tashkil etib borish rejasiga asosan 2019 yil 19 sentyabr kuni Egizbuloq MFy xududida joylashgan 15-umumta’lim maktabida maktab o‘quvchilari, uyushmagan yoshlar va aholi o‘rtasida “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir davomida ansambl ishtirokchilaridan A.Keldiyev, B.Ismoilov, E.Suyarov, A.Soyibovlar ijrosidagi ona vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar va A.Mamadiyorova, Z.Xaydarovalar ijrolaridagi raqslar yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Tadbirda Egizbuloq MFY raisi A.Urkenov barcha yig’ilganlarni mustaqillik bayrami va yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan qizg‘in tabrikladi.
Tadbirda 250 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar, maktab o‘quvchilari va Egizbuloq MFY aholisi ishtirok etdilar.