1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 30 sentyabr kuni Xonbandi MFY hududida joylashgan 59-umumta’lim maktabida madaniy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda maktab direktori G.Karimova va faxriy o‘qituvchi L.Qanbarovalar so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Shundan so‘ng “Parvoz” ashula va raqs halq ansambli ishtirokchilari S.Ibragimov, J.Rustamov, B.Ismoilov, L.Hakimova hamda markaz qoshida S.Raxmatova raxbarligida tashkil etilgan “Parvoz” o‘smirlar raqs jamoasi va 59-maktab bilan hamkorlikda tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.