«Bog’don gullari» ansambli 12-maktabda

E0faea7d af63 41a5 a977 fd77d82a92c2Madaniyat bo‘limining tasdiqlangan tadbirlar rejasiga asosan o‘quvchi-yoshlarni Ona-Vatanga muxabbat ruxida tarbiyalash, milliy madaniyatimizni, ma’naviyatimizni yoshlar ongiga singdirish va iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda maktab direktori  X.Tangirov so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Yig‘ilganlarga ansambl badiiy raxbari  B.Usmonov folklor san’ati, uning kelib chiqish tarixi  haqida yoshlarga tushuncha berib o‘tdi va qadimdan bizgacha yetib kelgan ota bobolarimizdan qolgan o‘lan, aytishuv, lapar, xalq o‘yinlari, milliy udumlarimiz va an’analar to‘g‘risida yoshlarga  to‘liq ma’lumotlar berdi.

Cf11c16f 7f7b 4ce3 aa24 52f88b76d14a

7aa201ef 73a8 4bd9 9f60 a91ad7e2b310

D13c3202 f4b5 4e69 9331 c7afe5861b06

C19e9140 31fe 434b b7aa 62e73af29171

Shundan so‘ng “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq  ansambli  ishtirokchilar B.Usmonov, A.Keldiyev, M.Axmedov, A.Mamadiyorova, F.Xaydarova, M.Ravshanovalar  tomonidan tumanga xos qadimiy an’ana va udumlarimizdan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirda 200 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

D26f42ab b182 4640 9735 6e601074de79

B773a114 2113 4b0e a656 89bb5eb7289c

3d70b212 07eb 4a98 adef 806b468b2500

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan