«Parvoz» raqs jamoasining hisobot konserti

D8fdf0a4 6466 4d23 91ed 918def96e853Uchquloch madaniyat markazida tashkil etilgan “Parvoz” o‘smirlar raqs jamoasining navbatdagi hisobot konserti  tashkil etildi.

Konsert tadbirida  “Parvoz” o‘smirlar raqs jamoasi ishtirokchilari yil davomida o‘zlari o‘rgangan o‘zbek xalq milliy kuy va qo‘shiqlaridan “Janon bo‘laman”, “Mustahzod”, “Ayrilmasun”, “Parvo etib ket”, “Xorazmcha popurri” qo‘shiqlari, “Quvonch” raqsi va zamonaviy kuy – qo‘shiqlarga saxnalashtirilgan raqslarni ijro etdilar. Shuningdek  Uchquloch madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Parvoz” ashula va  raqs  xalq  ansambli ishtirokchilari S.Ibragimov, J.Rustamov hamda “Bolalar raqs” to‘garagi ishtirokchilari, tomonidan ham raqslar tomoshabinlarga namoyish etildi.

29cc49e6 0351 4150 bd67 cead07ef8975

313b3014 6f5b 47f9 83f9 8c7dada2b6db

0acc2832 6cc9 4c8d a589 9537d536b057

E51b70ef 894d 41e1 b8ee 4acce4c15423

F64cad06 701e 4a40 a516 2eb147aef7af

Tadbirda Forish madaniyat markazi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi  L.Hakimova so‘zga chiqib bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish kerakligi hamda farzand tarbiyasida maktab va mahalla hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishligi hamda mahalla xududida istiqomat qilayotgan san’at sohasiga qiziqishi baland yoshlarni markazda faoliyat olib borayotgan badiiy havaskorlik to‘garaklariga ishtirok etishlari va bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni ko‘proq kitob bilan do‘st bo‘lishlari to‘g‘risida gapirib o‘tdi va tumanda o‘tkaziladigan barcha ommaviy tadbirlardagi faol ishtiroki uchun “Parvoz” o‘smirlar raqs jamosiga va ishtirokchilariga Forish tuman Madaniyat bo‘limining faxriy yorliqlarini topshirdi

Dcf47ceb 4f44 4e6e 93e4 2df3df834565

2c1c68e8 3fe1 4659 88a5 86a1e4c9b5ef

62793822 be6d 4a22 b4c1 61d2291b247e

D8fdf0a4 6466 4d23 91ed 918def96e853

Tadbirga  o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari, maktab o‘qituvchilari va mahalla faollari taklif etildi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan