Forish tumani Madaniyat bo‘limi va tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 20-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora tadbirlari mavzusida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq xarakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat ehtirom ko‘rsatish jamiyatda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi borasida “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiori asosida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga 30 yil to‘lishi va “O‘qituvchilar sayli” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O.Erxonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminsratsiyasi ishchi guruhi raxbari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori N.G‘afforovlar so‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Tadbir davomida Madaniyat bo‘limi va madaniyat markazilarida tashkil etilgan badiiy jamoalar va to‘garaklar ishtirokchilarining hamda 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi, umumta’lim maktab o‘quvchilari tomonidan bayram konsert dasturlari namoyish etildi.