Forish tuman madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining 2019 yil 12-noyabr kuni Osmonsoy MFY hududida joylashgan 3-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4436-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda Madaniyat bo‘limining tasdiqlangan tadbirlar rejasiga asosan o‘quvchi-yoshlarni Ona-Vatanga muxabbat ruxida tarbiyalash, milliy madaniyatimizni, ma’naviyatimizni yoshlar ongiga singdirish va iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda maktab direktori B.O‘narova so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Yig‘ilganlarga ansambl badiiy raxbari A.Soyibov ansambl tarixi va faoliyati haqida yoshlarga to‘liq ma’lumotlar berib mahorat darsi o‘tkazdi.
Shundan so‘ng “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli ishtirokchilar M.Axmedov, A.Soyibov, S.Raxmatova, E.Suyarovlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirda 268 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.