Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qaror ijrosi yuzasidan 2019-yil 16-noyabr kuni tuman Madaniyat boʼlimi tomonidan “Yoshlik zavqi” milliy raqslar tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. Tanlovda madaniyat markazlarida tashkil etilgan badiiy xavaskorlik toʼgaraklari ishtirokchilari va xavaskor yoshlardan 12 yoshdan 25 yoshgacha boʼlgan 12 nafar hamda 3ta “Boychechak”, “Nurziyo”, “Shabnam” bolalar raqs jamoalaridan jami 30 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Ishtirokchilar tomonidan oʼzbek milliy raqslaridan “Doira raqsi”, “Buxorocha raqs”, “Xorazmcha raqs”, “Tumor”, “Hayoli qiz”, “Muborakbod”, “Fargʼona ruboiysi” kabi kuylarga raqslar ijro etildi.
Tanlov yakunida hakamlar hayʼati tomonidan “Doira raqsi” ijrochisi D.Dehqonova hamda Forish madaniyat markazida tashkil etilgan “Joziba” raqs guruxi ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan “Muborakbod” raqslari tanlanib tanlovning viloyat bosqichiga yoʼllanma berildi.