«Bayrog’imiz – faxrimiz!» ommaviy tadbir bo’lib o’tdi

7c3b78fc d71f 44b1 8d8e 1fd23a0565edOʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganiga 28 yil toʼlishi munosabati bilan tuman Madaniyat boʼlimi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar birgalikda 2019-yil 18-noyabr kuni tuman markazida “Bayrogʼimiz – faxrimiz!” nomli ommaviy madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda dastlab barcha ishtirokchilar qoʼllarida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi bilan tuman yoʼl patrul xizmati binosi yonida saflandilar va IIB yoʼl patrul xizmati xodimlari boshchiligida ishtirokchilar doirachilar guruhi bilan birgalikda 18-son bolalar musiqa va sanʼat maktabigacha  saf tortib yurib bordilar.

D5b8bce5 190b 43b3 8a1e 3a9f2edb3e41

9a9d7aab 99f3 429a 8710 bbfa138768a3

Ecd7df49 84f2 4e1f b050 e7693e7ddbd6

E44e40f7 3127 4786 abe7 bca327b58277

Bayram ishtirokchilari tantanavor musiqa bilan kutib olindi. Tadbirni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlimi rahbari Nodir Soliev kirish soʼzi bilan ochib berib, yigʼilganlarni qizgʼin muborakbod etdi.

A48b576e bb41 496f af96 bb24e88382d1

5f641b41 39cf 43c1 aebd f515f05fa506

7d940fbf b5e2 44bc 960a add5e42da9a1
Shundan soʼng ommaviy tadbir doirasida tashkil etilgan umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari oʼrtasida eʼlon qilingan “Bizning bayroq” mavzusidagi fototanlovda faol ishtirok etib “Eng koʼp layk toʼplagan foto” nominatsiyasi boʼyicha 1-maktab jamoasi, “Eng yaxshi jamoaviy foto” nominatsiyasi boʼyicha 5-maktab jamoasi va “Eng yaxshi kreotiv foto” nominatsiyasi boʼyicha 10-maktab jamoalariga va barcha faol ishtirokchilarga Madaniyat boʼlimining diplom, faxriy yorliqlari va homiy tashkilotlarning esdalik sovgʼalari topshirildi.

3bed7320 ad12 473b b1c3 86415607a9b8

99ba4413 7ec3 4618 b199 c78719c9ccda

29efe309 763c 4850 a079 89e9674181edTadbir davomida “Mening orolim” aktsiyasi doirasida 18-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʼquvchilari tomonidan rasmlar koʼrgazmasi tashkil etildi. Shuningdek boʼlim kutubxonasi va tuman koʼzi ojizlar kutubxonasi tomonidan “Bayrogʼimiz-iftixorimiz” nomli kitoblar koʼrgazmasi tashkil etildi. Tadbirda Madaniyat boʼlimi va musiqa maktabi oʼquvchilari ijrosidagi Ona Vatanni, tinchlikni va doʼstlikni tarannum etuvchi kuy-qoʼshiqlardan tuzilgan kontsert dasturi namoyish etildi. Tadbirga 400 nafarga yaqin oʼquvchi yoshlar va tashkilot hodimlari jalb etildi.

85f9bc25 b486 4d50 aea4 d819126178bb

487b9fc5 a3d4 46cb 9cbb 0c4c014c4de6

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan