«Parvoz» ansamblining hisobot konserti bo’lib o’tdi

D9c721be 98d2 4754 bdfd 5b6b1aea4f09“Xalq” va “Namunali” unvonga ega badiiy xavaskorlik  jamoalarini axoli, ayniqsa yoshlarning  bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jamoalar faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasining 2019-yil 19-sentyabrdagi  01-04/1020-sonli tadbirlar jadvaliga asosan 2019-yil 20-noyabr kuni  18-son bolalar musiqa va san’an maktabida Uchquloch madaniyat markazida bir necha yillardan buyon o‘z faoliyatini olib borayotgan  “Parvoz” ashula va raqs xalq ansamblining navbatdagi hisobot konserti tashkil  etildi. Tadbirda viloyat madaniyat boshqarmasi  boshlig‘i o‘rinbosari  A.Nurbekov ishtirok etdi.

C74ea70e 9a88 4b7a 8881 97a95662f364

04f068d3 dddc 409b bd1f 8427b5db9eec

79830dbf 3ddb 481e 846b a1bfc0d59891

Hisobot konsertida “Parvoz” ashula va raqs xalq ansambli a’zolari tomonidan  yil mobaynida o‘rganilgan asarlardan sozandalar ijrosida “Gulbahor va tanovor” kuyi, yalla ijrochiligi bo‘yicha “Sho‘xi parivash”, yakka ashula ijrochiligi bo‘yicha “Sharob-I” ashulasi,  “Xayoli qiz” yakka raqsi, ommaviy raqs ijrochiligi bo‘yicha “Hilol” raqsi, “Gullar raqsi”yakka sozanda ijrosida kuy, estrada qo‘shiq ijrochiligi bo‘yicha “Kuz tonglari” qo‘shig‘i, duet  ijrochiligi bo‘yicha “Bo‘z to‘rg‘ay” qo‘shiqlari jonli ijroda ijro etildi.

F21c1826 3513 4135 9865 5e62f2912846

Cf6db59c a8f4 4115 9a86 45fb2a50e76e

Hisobot konserti yakunida A.Nurbekov so‘zga chiqib tashkil etilgan tadbir yuzasidan ansambl ishtirokchilariga o‘zining taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.D9c721be 98d2 4754 bdfd 5b6b1aea4f09

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan