“Har kim mehr va e’tiborga sazovor” nomli tadbir

488aef96 15bd 478c 862d ea170af32ba9Birlashgan millatlar tashkiloti bosh Assamblyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan 2019-yil 3-dekabr kuni “Dil ifori” tantanalar majmuasida “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi A.Mustanov, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi H.Mamatov, tuman ko‘zi ojizlar jamg‘armasi raisi Q.Abulhayevlar so‘zga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi va nogironligi bor shaxslarga tuman hokimligining sovg‘alarini topshirdi. Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining  “Har kim mehr va e’tiborga sazovor” nomli konsert dasturi namoyish etildi.

5065c6b9 3cdd 49b9 b055 71d8aae06f5b

D2ddc32c fc42 485f a80b 205e4a322d83

802d4c2b 16e7 4f98 9c27 71869198e715

D3384d7b 8505 4fe0 8c0e 4cc340f9bac3

488aef96 15bd 478c 862d ea170af32ba9

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan