2019-yil 6-dekabr kuni Forish tuman 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Forish tuman hokimi A.Mustanov va tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Ermatovlar tabrik so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan qizg‘in muborakbod etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan Madaniyat bo‘limi tomonidan katta bayram dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida “Ona yurt farzandlarimiz” mavzusida bolalar badiiy jamoalari, “Besh tashabbus, besh imkon” mavzusida yoshlarning chiqishlari, “Oltindek xazinamsan-aziz san’atim” mavzusida “Tog‘ shalolasi” va “Parvoz” ashula va raqs xalq ansambllari, hamda tuman badiiy xavaskorlarining jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi.
Madaniyat bo‘limiga qarashli kutubxona va ko‘zi ojizlar kutubxonasi tomonidan bayramga bag‘ishlangan “Konstitutsiya-baxtimiz kafolati” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.