“Biz sog‘lom avlod bilan buyuk kelajak barpo etamiz”

F78bc250 4096 4ab9 b699 c1296f5cfdc72019-yil 18-dekabr kuni 33-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbuslarning ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Forish tumani  Madaniyat bo‘limi va Bolalar-o‘smirlar sport maktabi hamkorlikda 2019-yil yakunlari bo‘yicha “Biz sog‘lom avlod bilan buyuk kelajak barpo etamiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Forish tumani hokimi Abdivali Mustanov, bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori Vohid Shavqiyev, “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Yusuf Shabayevlar so‘zga chiqib sportchilarning bugungi kunda erishayotgan yutuqlar to‘g‘risida gaprib o‘tdilar hamda sportchi yoshlarning ota-onalari nomidan  Sorabek Qurdoshev, Ro‘zigul Shokirovalar ham  so‘zga chiqib farzandlarini sport sohasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlariga berilayotgan  e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

F38dcb3f f4ee 4905 bce2 83570bbbc5e6

77546a86 2853 4216 b23d 0b1333a5a7ed

8e05f975 450b 4abd 8d3a 0a1b8afc2dfb

8195838c 247d 4948 9244 cf6766657c0f

Bb37cef5 793f 4776 a6f1 cf043b45df12

Tadbir davomida sportchi yoshlarning ota-onalariga va sportning  futzal va milliy kurash turi bo‘yicha yutuqlarga erishayotgan sportchilarga tuman hokimining tashakkurnomasi, homiylarning esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek sportning  taekvon-do va milliy kurash turi bo‘yicha sportchilar yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan