Forish madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbuslar ijrosini ta’minlash hamda Madaniyat bo‘limining tasdiqlangan tadbirlar rejasiga asosan 26-dekabr kuni Uchquloch MFY xududidagi 6-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida hamda
10-umumta’lim maktabida yangi yil bayramini munosib tarzda kutib olish va uni yuksak saviyada nishonlash hamda bolajonlarga va o‘quvchi yoshlarga ko‘tarinki bayramona zavq ulashish maqsadida madaniy tadbir tashkil etildi.
Teatr jamoasi tomonidan Qorbobo, Qorqiz va turli ertak xaqramonlari ishtirokidagi qiziqarli, sarguzashtlarga boy bo‘lgan “Yangi yil sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan ertak tomoshasi namoyish etildi. Tomoshalar davomida qiziqarli o‘yinlar tashkil etilib, Qorbobo sovg‘alari ulashildi.