O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganiga 28 yil to‘lishi hamda 14- yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlab 2020-yil 13-yanvar kuni tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanada tuman hokimi A.Mustanov tabrik so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.
Tadbir davomida tinchligimiz va xavfsizligimizni ta’minlashda sadoqat bilan xizmat qiliyotgan tuman xududidagi 39815-39816-sonli xarbiy qism xarbiylari va tuman IIB, tuman prokuraturasi, tuman DXX xodimlari tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limining bayram konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek “Sultan” kafesida faxriy baynalminal jangchilar, xarbiylar hamda xuquq va targ‘ibot organlari xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.