Kelajak folklor festivali

2020 yil 4 fevral kuni Forish tumani  Madaniyat bo‘limi tomonidan o‘sib kelayotgan yoshlar ongida folklor san’atini keng targ‘ib etish orqali ularning madaniy saviyasini yuksaltirish, milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini  mazmunli va samarali  tashkil etish hamda milliy an’analarni asrab-avaylash, yoshlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kelajak” folklor festivali tashkil etildi. 

Festivalda tumandagi 7-umumta’limm maktabi o‘quvchilaridan tuzilgan “Sayyod g‘unchalari” bolalar jamoalari “Xalq o‘yinlari” dasturi bilan  va 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilaridan tashkil etilgan “Jigda po‘pak” bolalar jamoalari “Bolaligim o‘yinlari” dasturlari bilan ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan  namoyish etilgan folklor dasturlar bo‘yicha  hakamlar hay’ati a’zolari jamoalar  rahbarlariga o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar va viloyat bosqichida ishtirok etish har ikki jamoaga tavsiya berdilar.

Shuningdek festival davomida madaniyat markazlarida tashkil etilgan badiiy havaskorlik to‘garaklar ishtirokchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi, hamda “Floristika” va “Haykaltaroshlik” to‘garaklari tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etildi. 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan