Mahorat darslari

Bu rasmning bo'sh alternativ attributi bor; uning fayl nomi image-6.jpeg

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tashdiqlash to’g’risida”gi 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Forish tumani Madaniyat markazi xoreografi S.Kamolova tomonidan milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlatirish, madaniyat markazlarida raqs yo’nalishida tashkil etilgan to’garaklar faoliyati samaradorligini oshirish, to’garak ishtirokchilariga raqs san’ati haqida tushunchalar berish va ularni raqs san’atiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida mahorat darslari tashkil etildi.

            A.Mamadiyorova rahbarligida tashkil etilgan “Shabnam” bolalar raqs to’garagi, M.Ravshanova rahbarligida tashkil etilgan “Nurziyo” kattalar raqs to’garagi, Sh.Zulponova rahbarligida tashkil etilgan bolalar raqs to’garaklarida tashkil etilgan mahorat darslarida to’garak ishtirokchilariga o’zbek milliy raqs san’ati tarixi, “Xorazm”, “Buxoro”, “Surxondaryo”, “Farg’ona-Toshkent” raqs maktablari va yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berilib, raqs holatlari o’rgatildi.

            Bu kabi to’garak ishtirokchilarining raqs san’atiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida  mahorat darslarini kelgusida yana tashkil etish rejalashtirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan