“Buyuk ajdodlarning izdoshlarimiz” ko‘rik-tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti tomonidan  ilagri surilgan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbuslarning  to‘rtinchi tashabbusi yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha  2020 yil 6 fevral kuni  1-umumta’lim o‘rta maktabida Forish madaniyat markazi, markaz kutubxonasi, ko‘zi ojizlar kutubxonasi bilan hamkorlikda o‘zbek adabiy tilining asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi, shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk ajdodlarning izdoshlarimiz” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tkazildi.

Tanlovni maktab til adabiyot fani o‘qituvchisi N.Mirkomilova kirish so‘zi bilan ochib Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning xayoti va ijodi xaqida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tdi.  Tanlovda  4ta  “Tashrifnoma”, “Tezkor savollar”, ”Sahna ko‘rinishi” , “Bahru- bayt” shartlari  bo‘yicha 7-sinfning “Boburiy avlodlari”, 8-sinfning “Tafakkur qanotlari” jamoalari o‘z bilimlarini namoyon etdilar va tanlov natijalariga ko‘ra do‘stlik g‘alab qozondi.

         Shuningdek tanlov doirasida  o‘quvchilar o‘rtasida  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur siymolarini aks ettirgan rasmlar tanlovi ham tashkil etildi. Tanlovda faol ishtirok etgan o‘quvchilar madaniyat markazi kutubxonasi va ko‘zi ojizlar kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘alari va fahriy yorliqlari  bilan taqdirlandi.

         Markaz kutubxonasi tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan “She’riyat osmonida porlagan yulduz”, “Boburshoh-davlat arbobi”, “Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz, g‘ururimiz”  nomli kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan