Ichki ishlar faol xodimlari taqdirlandi

Bu rasmning bo'sh alternativ attributi bor; uning fayl nomi image-10.jpeg

2020 yil 7 fevral kuni Forish tumani Madaniyat bo‘limi  va tuman Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda  2019 yil yakunlari bo‘yicha tuman ichki ishlar organlarining namunali tanyanch punktlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovning yakuniy bosqichi va tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan Ona Vatanni, tinchlikni va obodlikni madh etuvchi kuy qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi.

????????????????????????????????????

Taqdirlash marosimida “Eng faol yoshlar yetakchisi”, “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy axloqiy qadriyatlarni mustaxkamlash bo‘yicha faol mutaxassis”, “Eng faol profilaktika inspektorining yordamchisi”, “Adolatli yarashtirish komissiyasi”, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Eng fidoiy mahalla raisi”, “Eng mahoratli profilaktika inspektori”, “Eng tashabbuskor sektor rahbari” nominatsiyalari bo‘yicha ichki ishlar organlari tayanch punktlarida xizmat olib borayotgan eng faol xodimlar va jamoatchilik vakillari taqdirlandilar. Shuningdek 12ta ichki ishlar organlari tayanch punktlari orasidan Uchquloch va Honbandi MFY xizmat ko‘rsatuvchi 119-son ichki ishlar organi tayanch punkti faxrli birinchi o‘rinni egallaganligi uchun taqdirlandi. G‘oliblarga tuman IIBning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan