«Bog’don gullari» birinchilikni qo’lga kiritdi

7b33e649 3e33 48d0 bbeb 9c04f8b355b7

2020 yil 22 fevral kuni Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalining saralash bosiqichida Forish tumanida samarali faoliyat olib borayotgan “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli  “Jeli sayli” udumi va “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatri  qo‘g‘irchoqbozlik san’ati  bilan  hamda  “Bahor taronalari” viloyat ko‘rik-tanlovining Nizomi asosida tuman badiiy jamoasi, “Parvoz” va “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambllari muvofaqqiyatli ishtirok etdilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli ijrosidagi tumanning o‘zga xos bo‘lgan qadimiy udumlaridan “Jeli sayli” udumi va “Xalq o‘yinlari” dasturi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va Navoiy viloyatida o‘tkaziladigan “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.

3f1ca2fa 5334 43bd 854a f224d94a1fbb
620b3f5e 2d17 42fa b9c4 4ac198b452ce

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan