«Nafis qalb sohibalari»

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning  to‘rtinchi yo‘nalishi Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan kitob mutolaasiga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida kitobxonlar bilan 1-mart Zulfiyaxonim tavalludi hamda 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag’ishlab “Nafis qalb sohibalari” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirni ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri Xudoyqulova Dilbar kirish so‘zi bilan ochib berib tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab o‘tdi. Madaniyat markazi kutubxonachisi Ro‘ziqulova Mamlakat, 1-umumta’lim maktabi o‘qiutvchisi Rustamova Nilufarlar Zulfiyaxonim hayoti va faoliyati hamda ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni va ularga berilayotgan imkoniyatlar haqida  tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdilar. Tadbir davomida kutubxona foydalanuvchilari tomonidan Ibragimova Shahzoda, Iboydullayeva Bahora, Rahmonova Mushtariy, Baxtiyorova Baxora, Axadullayeva Dinora, Oqilova Ismigul, Rahmatova Dilnozalar Zulfiyaxonim she’rlaridan, ona va bahorni tarannum etuvchi she’r va qo‘shiqlardan ijro etishdi.

448b6180 a0ef 4a16 b5a8 441ede63c105
9f4ec670 758a 46b0 9c3e 360a807b81f6

Tadbirda ishtirokchilar o‘z qo‘l mehnatlari bilan qo‘g‘irchoqlar, do‘ppilar, gullar, tabriknomalar tayyorlab ular haqida ma’lumot berishdi. G‘olib deb topilgan faol ishtirokchilar ko‘zi ojizlar kutubxonasi, madaniyat markazi kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Kutubxonada Zulfiyaxonim asarlaridan “Baxt va shodlik kuychisi” va 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan “Ayol borki-olam munavvar” nomli  kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

03e8e7ba df13 435e b4f3 1c5a3ac79b32

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan