“Aziz va muqaddassan, mo’tabar ayol!”

95afafc7 afa2 4a56 bb03 1dbe7ad85ce3

Forish tumanida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 6-mart kuni “Dil ifori” tantanalar majmuasida turli sohalarda faol mehnat qilayotgan ayollar ishtirokida tantanali marosim tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirini Forish tuman hokimi A.Mustanov tabrik so‘zi bilan ochib  ayollarni 8-mart nafosat va go‘zallik bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi. Tadbir davomida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi, mehnat faxriysi U.Ostonova, tuman kengashi deputati A.Begiyev, Jizzax viloyat kengashi deputati B.To‘rayeva, tuman hokimi o‘rinbosari mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Y.Kengashev, Honbandi MFYdan O.Holboyeva, E.Kamolov MFYdan M.Turg‘unovalar tabirik so‘ziga chiqib barcha ayollarni bayram bilan tabrikladilar.

70fc66bb 7fd1 4d06 93d8 3f86a42df104

Bayram munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan eng sara kuy-qo‘shiqlar va raqslardan tuzilgan “Aziz va muqaddassan, mo‘tabar ayol!” nomli bayram konsert dasturi namoyish etildi.

212fa182 576e 46f7 b207 8ff59db7623f
2c5c9a2a 1c82 4e9e 94da eb7562e2002d
Ebc410f0 0fab 446c 9862 f4de03df7ddf
Ea8d2ab1 b066 46e7 b164 85eb3be40da1

Tadbirda ishtirok etayotgan barcha ayollarga tuman hokimining hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining bayram sovg‘alari topshirildi.

A1d1e53d 0170 4999 8f56 5fd27d24c34b

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan