
Joriy yilning 14-15-mart kunlari butun Respublikmiz bo’ylab “Umumxalq xayriya hashari” tashkil etilishi belgilanganligi munosabati bilan Forish tumanida yangidan barpo etilayotgan “Yoshlar ekologik bog’i”da tuman hokimligi, tumandagi barcha tashkilot, muassasalar, madaniyat xodimlari va viloyat prokuraturasi, deportamenti, Majbiriy ijro buyrosing viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Kelajak uchun o’n ko’chat” aksiyasi doirasida xayriya hashari tashkil etildi.
Tashkil etilgan xayriya hasharida mingdan ortiq tashkilot va muassasa xodimlari tomonidan 9 gektar bog’ hududiga 3 mingdan ortiq archalar hamda turli manzarali ko’chatlar ekildi.
Shuningdek xayriya hasharida madaniyat markazi “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo’g’irchoq teatri, “Tog’ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli tomonidan madaniy xizmat ko’rsatildi.
Umumxalq xayriya hasharida ishtirok etgan barcha hasharchilarga “Dil ifori” majmuasida dasturxon yozilib hashar oshi tashkil etildi.