
2020-yil 27-iyun kuni Forish madaniyat markazida karantin qoidalariga rioya qilgan holda onlayn tarzda “Soʼz, ohang va tasvir” badiiy kechasi tashkil etildi.
Badiiy kechada Jizzax vohasining otash qalb shoiri Hamid Olimjon qalamiga mansub “Oʼrik gullaganda” sheʼri va mahalliy shoira Muhabbat Ergashevaning “Vatanim” sheʼrlari, badiiy jamoa sozandalari ijrosida “Gulbahor va Tanovar”, “Guljamol” kuylari hamda jamoa xonandasi Suhrob Ibragimov ijrosida Muhabbat Ergasheva qalamiga mansub “Ne muddaosi bor edi” sheʼriga yaratilgan qoʼshiq jonli tarzda ijro etildi.

Shuningdek Forish madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan T.Kadirova rahbarligidagi “Floristika” toʼgaragining ijodiy ishlaridan onlayn tarzda taqdimot namoyish etildi. “Soʼz, ohang va tasvir” badiiy kechasi tuman Madaniyat boʼlimining telegramdagi @ForishMadaniyat kanaliga joylandi.




Videolarni onlayn tomosha qilish uchun Telegram manzili: https://t.me/s/ForishMadaniyat