“Davlat gerbi – Vatan timsoli”

6791df61 4620 44d6 96ad 7a5d35ca37c4

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 28 yil toʼlishi munosabati bilan oʼsib kelayotgan yosh avlod ongida davlat ramzlariga boʼlgan xurmat xissini yuksaltirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Forish tumani Uchquloch madaniyat markazida 2020-yil 2-iyul kuni “Davlat gerbi – Vatan timsoli” mavzusida “Haykaltaroshlik”, “Bolalar estrada qoʼshiqchiligi”, “Quvnoq bolalar” toʼgaraklari qatnashchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Davra suhbatida “Haykaltaroshlik” toʼgaragi rahbari J.Shukurov Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi xaqida “Ramzlarimiz-faxrimiz” mavzusida ishtirokchilarga keng maʼlumot berib, har bir yosh va har bir Oʼzbekiston fuqarosi davlatimiz ramzlariga xurmat, faxr-iftixor tuygʼulari bilan qarashlarini taʼkidlab oʼtdi. Suhbat davomida “Haykaltaroshlik” toʼgaragi aʼzolari B.Shukurov, А.Safarovlar oʼzlari mustaqil tarzda gerbimizga taʼrif berib oʼtdilar, S.Rahmatova rahbarligidagi “Quvnoq bolalar” raqs toʼgaragi aʼzosi S.Zamirova ijrosida davlat ramzlari toʼgʼrisida sheʼrlar ijro etilgan boʼlsa B.Ismoilov rahbarligidagi “Bolalar estrada qoʼshiqchiligi” toʼgaragi ishtirokchisi Sh.Haydarov ijrosida tinchlikni va obodlikni tarannum etuvchi “Oʼzbekiston” qoʼshigʼi ijro etildi. Suhbat davomida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

29a338bf eadc 4774 b73b 8bb90d212de3
C8dc0b27 0249 4bf2 87b2 68e27817f0a1
49b4b1c5 58ba 4a39 a9f9 58903e48c7c5
C401e480 87f4 4df0 9fcc 0ae9d5de6dee

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan