2022-yil 7-mart kuni Forish tuman madaniyat markazida tuman xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlkda ta’lim tizimida faol mehnat qilib kelayotgan hodimlar ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Bayram munosabati bilan tuman Madaniyat bo’limi badiiy havaskorlari tomonidan ayollarni, bahorni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlardan tuzilgan “Aziz va muqaddassan mo’tabar ayol!” nomli konsert dasturi namoyish etildi.