2022-yil 19-mart kuni Forish tuman madaniyat markazida «ASSALOM NAVRO’Z-YANGILANISH, MEHR-OQIBAT VA QADR-QIMMAT AYYOMI” g’oyasi ostida bayram tantanalari o’zgacha tarzda bo’lib o’tdi. “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan tuman madaniyat bo’limining teatrlashtirilgan katta bayram konsert dasturi tayyorlanib tuman aholisiga namoyish etildi.