2022-yil 12-aprel kuni Forish tumani madaniyat boʻlimi tomonidan 15-aprel «Madaniyat va sanʼat hodimlari kuni» munosabati bilan «Madaniyat xaftaligi» doirasida Xonbandi mahalla fuqarolar yigʻini hiyobonida madaniy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda «Parvoz» ashula va raqs xalq ansambli hamda «Parvoz» oʻsmirlar raqs jamoasi, «Tumor» raqs toʻgaragi ishtirokchilari tomonidan konsert dasturi, «Tasviriy sanʼat», «Toʻquvchilik» toʻgaraklarining koʻrgazmalari namoyish etildi.