2022-yil 13-aprel kuni Forish tumani madaniyat boʻlimi tomonidan 15-aprel «Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni» munosabati bilan «Madaniyat xaftaligi» doirasida Forish tuman madaniyat markazida madaniy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda «Tog’ shalolasi», «Parvoz» ashula va raqs xalq ansambli hamda «Boychechak» bolalar raqs jamoasi, «Estrada xonandaligi» toʻgaragi ishtirokchilari tomonidan konsert dasturi, «Tasviriy sanʼat», «Floristika» toʻgaraklari va «Forish o’lkashunoslik muzeyi» tomonidan koʻrgazmalari namoyish etildi.