2022-yil 20-aprel kuni Forish tumani madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kitobxonlikni shakllantirishning milliy dasturi asosida «Kitobsevar millat» shiori ostida «Kitobxonlik haftaligi» bo’lib o’tdi. «Kitobxonlik haftaligi»da O’zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Obiddin Maxmudovlar ishtirok etdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar «Bogʻdon gullari» folklor etnografik xalq ansambli ijrosidagi qoʻshiqlar bilan tantanali tarzda kutib olindi. Tadbirda Forish tuman madaniyat markazi kutubxonasi va ko’zi ojizlar kutubxonasi tomonidan “Kitob bilim o’chog’i», «Kitob nurli kelajak» nomli kitob ko’rgazmalari va madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan «Tasviriy san’at» va «Floristika» to’garagi ishtirokchilarining ijodiy ko’rgazmalari tashkil etildi.