MILLIY ARMIYAMIZ – YOSHLARNING MARDLIK, MATONAT VA JASORAT MAKTABIDIR!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi 5135-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 12-yanvar kuni tuman hududidagi 39815-sonli Forish tog‘ poligonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganiga 26 yil to‘lishi hamda 14- yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanada tuman hokimi A.Mustanov, tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Z.Umrasulov, xarbiy qism komandiri A.Alimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol yoshlaridan Yo.Arslonovlar tabirk so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar.

Tadbir davomida xarbiy qismdagi xizmat qilayotgan bir gurux xarbiylarga tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limining “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli va “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambllarining “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori asosida katta bayram dasturi tayyorlanib namoyish etildi. Bayram tomoshasiga xarbiy qismdagi askar zobitlar, kollejlardan 100 nafarga yaqin yoshlar jalb etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan