Mening Birinchi Prezidentim – faxrim, g’ururim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3404-sonli qarori, viloyat hokimligining 2017-yil 30-noyabrdagi 729-sonli va tuman hokimining 2017-yil 1-dekabrdagi 2034-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qancha ma’daniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan: Tuman Madaniyat bo‘limining chora-tadbirlar rejasiga asosan 2018-yil 30-yanvar kuni madaniyat va aholi dam olish markazi hovlisida soat 9-00dan 13-00ga qadar Birinchi Prezidentimizning hotirasiga xurmat bajo keltirish marosimi tashkil etildi.

Shuningdek tuman hokimligi tomonidan “Billur” tantanalar majmuasida hayriya tadbiri tashkil etildi. An’analiraimizga ko‘ra yig‘ilganlarga osh tortilib, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anevich Karimov hotirasiga Qur’on tilovat qilindi.


Tuman Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan, tuman hokimligi ijtimoiy soha bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Forish tuman Kengashi, Forish tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasi, “Forish tongi” tahriryati va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tumandagi umumta’lim maktablarining 6-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ziyoli avlod” ko‘rik-tanlovi hamda “Insholar tanlovi” tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.


Tanlov boshlanish vaqtiga qadar tadbir tashkilotchilari tomonidan Islom Abdug‘anevich Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Mening birinchi Prezidentim – faxrim, g‘ururim” shiori ostidagi “Mustaqilligimiz bosh me’mori” nomli videoroliklari va “E’zoz” videofilmi namoyish etildi. Forish tuman ko‘zi ojizlar kutubxonasi tomonidan Islom Karimovning asarlaridan tashkil topgan “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tanlovni tuman ma’naviyat va targ‘ibot markazi rahbari A.Sarabekov va “Forish tongi” tahriryati bosh muharriri R.Karimovlar kirish so‘zi bilan ochib berib yig‘ilganlarga tanlov mavzusi yuzasidan ma’lumot berdilar va ishtirokchilarning barchasiga omad tiladilar.

“Ziyoli avlod” ko‘rik-tanlovida 1-maktabning “Prezident vorislari”, 5-maktabning “E’zoz”, 7-maktabning “Ulug‘ rahnamo izidan”, 9-maktabning “Kelajak avlod”, 12-maktabning “Istiqlol farzandlari”, 16-maktabning “Kelajak yulduzlari”, 33-maktbning “Kelajak yoshlari”, 49-maktabning “Istiqlol”, 55-maktabning “Izdoshlar”, 59-maktabning “Kelajak bunyodkorlari” jamoalari 3ta “Tashrifnoma”, “Siz zukkomisiz?” savol-javob, “Mustaqil O‘zbekistonning buyuk asoschisi” slaydlar taqdimoti shartlarida o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in bellashuvlar ostida o‘tgan mazkur tanlovda hakamlar xay’atining qaroriga ko‘ra 54 ball bilan 59-maktabning “Kelajak bunyodkorlari” jamoasi birinchi o‘ringa, 53 ball bilan 49-maktabning “Istiqlol” jamoasi ikkinchi o‘ringa, 52 ball ibaln 5-maktabning “E’zoz” va 33-maktabning “Kelajak yoshlari” jamoalari uchinchi o‘ringa munosib deb baholandi. 
“Insholar tanlovi”da 1-5-6-7-9-12-16-33-49-55-59-umumta’lim maktablarining o‘quvchilari hakamlar xay’ati nazoratida 2 soat vaqt davomida “Siz doimo qalbimizdasiz”, “Faxrim mening birinchi Prezidentim”, “Xotira abadiy”, “Shahidlar xotirasiga mangu olov yoqqan o‘zbek farzandi”, “Siz biz bilan yashaysiz” mavzularida insholarini yozdilar. Hakamlar xay’atining saralashiga muvofiq 59-maktabning o‘quvchisi Husanova Malika “Oliy darajada yozilgan insho”si uchun, 49-maktabning o‘quvchisi Esonboyev Dilshod “Eng yaxshi g‘oya asosida yozilgan insho”si uchun hamda 33-maktabning o‘quvchisi Bozorbekova Aziza “Eng chiroyli xusnixat asosida yozilgan insho”si uchun nominatsiyalarga munosib deb baholandilar.
“Ziyoli avlod” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan jamoalar va faol ishtirok etgan jamoalar va “Insholar tanlovi”da nominatsiyalar bo‘yicha munosib topilgan o‘quvchilar tuman Madaniyat bo‘limi, tuman halq ta’limi bo‘limi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashining diplom va faxriy yorliqlari hamda homiy tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. “Insholar tanlovida” ishtirok etib “Oliy darajada yozgan insho”nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan 59-maktab o‘quvchisi M.Husanovaning inshosi “Forish tongi” ro‘znomasida chop etishga tavsiya etildi.
Mazkur tanlovga 60 nafardan ortiq voyaga yetmagan o‘quvchilarning ishtiroki va 150 nafardan ortiq tomoshabinlar jalb etildi.

1 sharh “Mening Birinchi Prezidentim – faxrim, g’ururim.

  1. Сардор Нарказаков

    Шархлашга тарифлашга хожат йук, ушбу зийоли авлод курик танлови, фориш тумани маданият ходимлари тамонидан жуда мукаммал даражада утказилди.
    Н.Сардор.М

    Javoban

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan