“Mahallamiz malikasi”

2018-yil 1-fevral kuni Bog‘don madaniyat va ahoi dam olish markazi va Egizbuloq mahallasi bilan hamkorlikda kollej o‘quvchi qizlarini umuminsoniy va milliy, oilaviy qadryatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuksak odob-ahloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish,ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, har tomonlama tarkamol, iqtidorli qizlarni aniqlash va ularni munosib taqdirlash va bu borada mahallaning roli va o‘rnini yanada oshirish, har bir yosh qalbida o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahallasidan faxrlanish, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning mahalla faoliyatidagi ishtirokini oshirish maqsadida “Mahallamiz malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda mahalladagi “Cho‘lpon” ko‘chasidan Musayeva Zarnigor, “Kimyogar” ko‘chasidan Zohidova Iroda, “Gulbuloq” ko‘chasidan O‘rolova Dilshoda, “Egizbuloq” ko‘chasidan Qarshiboyeva Bahora va “Do‘stlik” ko‘chasidan Charos Yo‘ldoshevalar 5ta “Mahallam faxrim”, “Mahorat”, “Sahna chiqishlari”, “Intelektual salohiyat”, “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.


Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra ishtirokchilar orasidan Musayeva Zarnigor 1-o‘rin, Yo‘ldosheva Charos 2-o‘rin, Zohidova Iroda 3-o‘ringa loyiq deb topildi va homiylarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan “Doirachilar” to‘garagi va “An’anaviy honandalik” to‘garagi ishtirokchilari va kollejda xavaskor qiziquvchilardan tashkil etilgan “OK” jamoasining qiziqarli chiqishlari namoyish etildi. Tadbir tomoshasiga 100 nafardan ortiq tomoshabinlar jalb etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan