Muqumiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali drama teatri Forishda

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi yig’ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Forish tumanida 2018-yil 2-fevral kuni  Muqumiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali drama teatrining “Jaydari kelin” musiqali komediya spektakli namoyish etildi.

Spektakl orqali farzandlar oilasini saqlab qolishda yuzaga keladigan muammolarning yechimini qaynona masulyat va holislik bilan hal qilishi lozimligi shuningdek oilalarning mustahkam bo’lishida ota-onalarning  o’rni qanchalik muhim ekanligi keng yoritib berilgan.

Spektaklda qaynona obrazini O’zbekiston xalq artisti Odinaxonim Narzullayeva, “Jaydari kelin” obrazini aktirisa Gulnoza Saidovalar hamda Muqumiy teatrining iste’dodli aktyorlari mahorat bilan ijro etdilar.

Spektakl 250 dan ortiq tomoshabinlarga quvonch va ma’naviy ozuqa ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan